Tungi darbon
Tungi darbon
Выбор читателей

Tungi darbon

Erda choʻzilib yotgan murda taʼbimni xira qilayotgani bois, karavotdagi bitta ayodimni olib, ustiga tashlab qoʻydim. Oʻlim endi tana nusxasidagi geometrik shaklga aylanganligidan sal yengil tortdim. Keyin yoʻlakka chiqib, gʻilofni koʻtardim. Unda hech qanday yogʻlik yoki yozuv yoʻq edi. Xonaga olib kirganimdan keyingina uning bir cheti yirtiqiligini payqadim. Gʻilofni boshqa narsalarning yoniga qoʻyayotib, birdan yirtiq joydan uchib chiqib turgan dollarga koʻzim tushib qoldi. Sekin sugʻurib oldim. Bu yuz dollarlik qogʻoz edi. Xamyondagi shildirroq pulga oʻxshamaydi. Eski, mijgʻaloq. Gʻilofni ochib qarasam, ichi toʻla yuz dollarlik. Hayratdan es-xushimni yigʻib olganimdan keyin yuz dollarni qaytadan gʻilofga tiqib, yirtiq joyini yaxshilab berkitdim. Soʻng gʻilofni qoʻltiqqa urdim-da, xona chirogʻini oʻchirib, eshikni qulfladim. Harakatlarim shunaqa chaqqon va dadil ediki, goʻyo men umr boʻyi shu hodisani kutganman-u mana endi niyatimga yetganman...

0читателей сохранили
0читателей прочитали

Характеристики

Язык
Узбекский
Издательство
Янги аср авлоди
Место издания
Тошкент
Количество страниц
184
Тираж
10000
ISBN
9789943205222
Год создания
2019
ЖанрыРоман