

Togʻlar ham sado berdi
Amerikalik afgʻon adibi Xolid Husayniy navbatda eʼtiboringizga havola etilayotgan asari orqali yana oʻsha mavzuga – urush hayotini barbod qilib yuborgan insonlar taqdiriga murojaat qiladi. Bu gal asarda yaxlit bir qahramon yoʻq, Pari, Abdulla, Parvona, Nabi, Markos, Adel, Idris, Vahdatilar – ularning har biri oʻz taqdiri misolida yashayotgan jamiyati, oʻzini oʻrab turgan ijtimoiy muhit haqida oʻquvchida maʼlum tasavvur uygʻotadi. Onasidan yolgʻiz yodgori – singlisini oʻz bagʻrida ulgʻaytirgan, ammo keyinchalik bolalik xotiralari butunlay unut boʻlgan holda, boshqa ona bagʻrida ulgʻaygan qiz taqdiri; oʻz vijdoni oldida poklanishni istagan, birgina maktub orqali qalbidagi haqiqatlarni oshkor qilgan Nabi hayoti; yuzlarini it tanib boʻlmas darajaga solgan qizning kelajak hayotini butunlay dugonasi izmiga tashlab, «oshigʻi» ortidan ketgan ayol qismati – ularning hammasi haqida ushbu kitobda oʻqiysiz.
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- Ёшлар матбуоти
- Место издания
- Тошкент
- Количество страниц
- 240
- Тираж
- 3000
- ISBN
- 9789943277595
- Год создания
- 2022