

Stiv Jobs
“Dunyo daholari” ruknidan joy olgan mashhurlarning har biri o'z yo'li, tafakkuri, ixtirolari, olamshumul ishlari va hatto taqdiri bilan dunyoni o'zgartirgan. Bu insonlar barchani hayratga soladigan, tasavvur va qiziqish uyg'otadigan ajoyib shaxslar bo'lib, ular bilan bog'liq hayotiy hikoyalar o'ziga ohanrabodek tortadi. Shunday daholardan biri, shubhasiz, Stiv Jobs edi. Stiv Jobs (1955–2011) hayotlik davridayoq mashhurlikning eng yuqori cho'qqisini zabt etgan dunyoning noyob shaxslaridan biri hisoblanadi. U bu martabaga nafaqat axborot texnologiyalari va biznes olamidagi muvaffaqiyatlari, balki g'ayritabiiy iste'dodi sharofati bilan erishgan. Uni dunyoni o'zgartira olgan inson, uzoqni ko'ra oluvchi daho, uchqur xayol sohibi, o'z davrining ovoziga aylangan notiqlardan biri deb ataydilar. Kitobda uning hayot yo'li va faoliyati maroqli tarzda hikoya qilinadi va shu asnoda ko'plab muvaffaqiyat sirlari oshkor etiladi. Bolalar va o'smirlarga mo'ljallangan ushbu bebajirim tuhfa o'quvchilarga manzur bo'ladi degan umiddamiz.
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- Asaxiy Books
- Место издания
- Toshkent
- Количество страниц
- 128
- Тираж
- 3000
- ISBN
- TMP-6A08B165
- Год создания
- 2024