

SIRLI GUVOH
O'zining mingyilliklar davomida jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo'shgan, uni o'zgartira olgan xalqimiz. Madaniyat, san'at, axloq, falsafa, fan va adabiyot sohasida buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ulkan meros hali insoniyat dunyosida barcha rivojlangan mamlakatlari tomonidan o'zrof etilib, o'rganib kelinadi. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Burhoniddin Marg'inoniy, Ahmad Farg'oniy, Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Bahouddin Naqshband, Abdulxaliq G'ijduvoniy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Mahmud Koshg'ariy, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab singari yuzlab ajdodlarimiz borki, biz ularni beik ikkilanishdan jahon miqyosidagi mutafakkirlar deyishga haqlimiz. Ammo bugungi avlod ularning buyuk shaxsiyati, tarixi, jahonshumul olam-shuurat bilangina cheklanib qolmasligi lozim. Ajdodlarning madaniy, ma'rifiy, ilmiy, ijtimoiy, adabiy faoliyati, hayot tarziga doimo hushyor nigoh va ibrat ko'zi bilan qarashimiz maqsadga muvofiq. Tarixiy manbalarni sinchiklab o'rganadigan bo'lsak, mutafakkir ajdodlarimiz jahon madaniyati, ilmiy va badiiy tafakkuri bilan domiy tarzda hamqadam, haminfas bo'lib kelganlar. Jahonda ro'y berayotgan birorta madaniy-intellektual o'zgarish, biror badiiy tafakkur namunasi bobolarimiz nazarlaridan chetda qolmagan. Ajdodlarimiz ularni o'qib, o'rgashar ekan, o'z milliy madaniyatlarini rivojlantirish, jahon xalqlaridan ortda qolmaslikni maqsad qilganlar. Ko'plab xorijiy tillarni bilganlari, xorij mutafakkirlari yozgan asarlarini tarjima qilganlari bu o'rinda qo'l kelgan. Eng muhimi, xorij madaniyati, badiiy-ilmiy tafakkuri namunalariga nisbatan shaxsiy to'xtamlari, xulosalari va tanqidiy nuqtayi nazarlari bo'lgan. Bugun biz, mamlakatimiz Prezidenti kitobxonlik madaniyatini takomillashtirishni davlat siyosati darajasiga ko'targan bir paytda, o'tmishda yashab o'tgan buyuk ajdodlarimiz an'anasini izchil davom ettirishimiz, jahon madaniyati, san'ati, adabiyoti namunalarini bilan izchil va tirimli tarzda tanishib borishimiz zarur. Xalqimiz ijtimoiy-madaniy hayotidagi mana shunday ulkan ehtiyojni nazarda tutib, „Ziyo nashr“ nashriyoti bir zavqli ishga qo'l urishga bel bog'ladi. Va jo'jiri yildan e'tiboran jahon nasr namunalarining yuz jildligini chop etishga kirishdi.
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- Зиё нашр
- Место издания
- Toshkent
- Количество страниц
- 156
- Тираж
- 5000
- ISBN
- 9789943634282
- Год создания
- 2020