Выбор читателей

She'rlar to'plami

Vohidov, Erkin. She'rlar to'plami [Matn]: "Adabiyotimizning so'nmas yulduzlari" turkumi / Erkin Vohidov. – T.: Zukko kitobxon nashriyoti, 2023. – 128 b. O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning she'riyatida hayotga, go'zallikka muhabbat, yovuzlikka, tubanlikka nafrat yaqqol sezilib turadi. Ha, bu adib butun bir hayoti davomida ezgulikni, muhabbatni, samimiyatni, tinchlikni ulug'lab, yovuzlikni, jaholatni, urushni qoralagan. Masalan, uning ilk dostoni – "Nido"da insoniyatga og'ir judoliklar, bitmas jarohatlar keltiradigan urush qatig qoralansa, keyinroq bitilgan "Ruhlar isyoni" dostonida xalqlar, millatlar, dinlar o'rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan. Bu esa shoir ijodida insonparvarlik hamisha bosh mavzu bo'lib kelganligini ko'rsatadi. Shuning uchun ham uning "Tong lavhasi", "Kamtarllik haqida", "Buloq", "Sevgi", "Ona tuproq" kabi qator she'rlaridagi chuqur ma'no go'zal ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan uyg'unlashib ketgan. Masalan, shoir turmushdagi oddiygina holatdan – choy suzishdayotganda choynakning piyolaga "egilishi", choy ichayotganda inson piyolaning peshonasidan "o'pishi"dan ajoyib she'r yaratadi.

0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
Узбекский
Издательство
Зукко Китобхон
Место издания
Toshkent
Количество страниц
128
Тираж
2000
ISBN
9789943929586
Год создания
2023

Жанры