

Выбор читателей
Shamol ortidan yugurib
Men hech kimga xiyonat qilmaganman, - dedim xoʻrsinib. - Otam esa bir necha yildayoq vafot etdi. Albatta, sogʻinaman. Baʼzan tushlarimga kirib chiqadi. Hatto hidi ham dimogʻimdan ketgani yoʻq. - Shu asnoda otamning miqti gavdasi, qoʻngʻir sochlari, tiyrak koʻzlari namoyon boʻldi. Men ota-onamning qiyofalarini esdan chiqaryapman. Bu yomon-a? Shu tobda hamon koʻkrak choʻntagimda yurgan surat esimga tushib, uni Suhrobga uzatdim. U suratga uzoq termulib qoldi. Feruzarang, maʼsum koʻzlaridan yosh tirqiradi. «Afgʻonistonda bolalar koʻp, ammo bolalik yoʻq». Qachondir eshitganim – shu jumla qulogʻim ostida jarangladi.
0читателей сохранили
0читателей прочитали
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- Ёшлар матбуоти
- Место издания
- Тошкент
- Количество страниц
- 205
- ISBN
- 9789943277588
- Год создания
- 2023
ЖанрыРоман