Выбор читателей

Qaysar bolaning hayoti

"Qaysar bolaning hayoti" nomi bilan chop etilayotgan ushbu kitobga taniqli yozuvchi Mirzakalon Ismoiliyning "Bizning roman" va "Oʻzingdan koʻr" qissalari kiritildi. Qissalarda shoʻxlik, beboshlik tufayli yomon yoʻlga kirib ketgan va buning oqibatida jinoyatga qoʻl urib qora kursida oʻtirgan Toʻla degan bolaning boshidan kechirganlari hikoya qilinadi. Har qanday jamiyat, davlat va davrning asosiy harakatlantiruvchi kuchi, taraqqiyoti, istiqboli yosh avlodning qoʻlida ekanligi shak-shubhasizdir. Mirzakalon Ismoiliy ushbu "Qaysar bolaning hayoti" kitobida turli illatlarga qoʻl urgan yoshlarning obrazini yaratadi. Ularni bu yoʻldan qaytarishga harakat qiladi. Xoʻsh asarning asosiy qahramoni Toʻla hayotiy shaxsmi? Uning bunday notoʻgʻri yoʻlga kirib ketishga kimlar yoki nimalar sabab boʻladi? Ota-onasi nega uni bu yoʻldan qaytara olmaydi? U qilgan ishlari tufayli nahotki qamalga? Bu yoʻldan qaytish uchun nimalar qiladi? Bu savollarga asarni oʻqish davomida javob topasiz.

0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
Узбекский
Издательство
ОЛТИН ҚАЛАМ НАШРИЁТИ
Место издания
Toshkent
Количество страниц
384
Тираж
3000
ISBN
9789910993961
Год создания
2023

Жанры