

QADIMGI KESH- SHAHRIBASZ TARIXIDAN LAVHALAR
Oʻzbekistonning qadimgi shaharlari tarixini mukammal oʻrganishga qiziqish ortib bormoqda. Bu qadargi arxeologiyaga oid ashyolar, meʼmorchilik yodgorliklari va qadimiy yozma manbalar vositasida oʻrganiladi. Yurtimizning yirik shaharlar meʼmorchiligi, madaniyati, iqtisodiyoti va siyosiy tarixi keng oʻrganilib, oʻrta va kichik shaharlar tarixi nazardan chetda qolib kelgan. Jumladan, ulugʻ sarkarda va davlat arbobi Amir Temur vatani Kesh — Shahrisabz shahri boy tarixini oʻrganishga har taraflama eʼtibor berish muhim ahamiyatga egadir. Mazkur kitobda Qashqadaryo vohasi va Shahrisabz shahri tarixiga tegishli yangi arxeologik va tarixiy maʼlumotlar tahlil etiladi. Ular xronologik jihatdan miloddan avvalgi IX-VIII asrlardan boshlab, XVIII-XIX asrlargacha davom etgan tarixiy-madaniy jarayonlar bilan bogʻlanadi. Kitob Oʻzbekiston tarixi va madaniyatiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- «Шарқ» нашриёт-матбаа концернининг Бош таҳририяти
- Место издания
- Toshkent
- Количество страниц
- 208
- Тираж
- 5000
- ISBN
- tmp-E770AA2D
- Год создания
- 1998