Выбор читателей

PROFESSOR DOUELNING BOSHI

Professor Douel juda iste'dodli olim edi. Uning tibbiyot rivoji yo'lidagi ixtirolarini ta'riflashga so'z ojiz. U shu qadar ilm-fan tubiga sho'ng'igan ediki, hatto butun vujudini unuta-yozgan, faqat miyasigina uning mavjud ekanini anglatib turardi. Ammo bir kuni ko'zlarini ochdi-yu, boshi ostida vujudini emas, oddiygina stolning sovuqqina to'rt oyog'ini ko'rdi... Ha, professor insoniyatni o'limdan saqlab qolish, hech bo'maganda, miyasini qayta jonlantirish ustida izlanayotgan-di, ammo ilk tajriba quyonchasi o'z boshi bo'lishini xayoliga ham keltirmagandi. Jahon adabiyotining zabardast fantast yozuvchisi Aleksandr Belyayevdan yana bir asar – «Professor Douelning boshi»ni kitobxonlarga havola qilar ekanmiz, o'quvchini mulohazaga chorlaymiz. Mutolaa davomida yozuvchining insoniyatni og'ir vaziyatlarda tirik qolish imkoniyatlarini axtarish, ilm-fanda misli ko'rilmagan yangiliklarga qo'l urishga chaqirgani behuda emasligini, insoniy fazilatlar kishi muvaffaqiyati yoxud tanazzulida naqadar muhim rol o'ynashini anglaymiz.

0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
Узбекский
Издательство
Янги аср авлоди
Место издания
Toshkent
Количество страниц
208
Тираж
2000
ISBN
9789943209176
Год создания
2022