

O'G'RI
Kampir tong qorongʻisida xamir qilgani turibdi, hoʻkizdan xabar oldi. U... Hoʻkiz yoʻq-qoʻ! Xoʻpcha tomondan teshilgan... Dehqonning uyi kuygan, hoʻkizi yoʻqolmasin. Bir gop soʻm-omon, oʻn beshta xoda, bir arava qamish – uy, hoʻkiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qoʻyish kerak boʻladi. Odamlar dod ovoziga oʻrganib qolgan: birovni eri urdi, birovning uyi qatqa tushadi... Ammo kampirning dodini odamlar tez toʻplandi. Qobil bobo yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan boʻlib eshigi yonida turib dagʻ-dagʻ titraydi, tizzalari bukilib bukiladi, koʻzlari jaydirlaydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni koʻrmaydi. Xotinlar oʻgʻrini qargʻaydi, it huradi, tovuqlar qaqlaydi. Kimdir shunday kichkina teshikdan hoʻkiz sigʻishiga aqlimasligi toʻgʻrisida kishilarga gap maʼqullaydi. Qobil boboning qoʻshnisi – burunsiz ellikboshdi kirdi. U ogʻilga kirib teshikni, hoʻkiz bogʻlangan ustunni diqqat bilan koʻzdan kechirdi; negadir ustunni qimirlatib ham koʻrdi, soʻngra Qobil boboni chaqirdi va past tovush bilan dedi:
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- Олтин Калам
- Место издания
- Toshkent
- Количество страниц
- 128
- Тираж
- 3000
- ISBN
- TMP-981F4749
- Год создания
- 2024
