

Ming bir jon
Abdulla Qahhor oʻzbek hikoyachiligini zamonaviy jahon hikoyachiligi darajasiga koʻtardi va oʻzbek realistik hikoyachiligining asoschisi degan nom oldi. Uning hikoyalari, birinchi navbatda, samimiyligi, ishonchliligi kuchi bilan kishini hayratda qoldiradi. Voqeani tasvirlashda hamma narsa hayot hodisasi, aynan boʻlib oʻtgan voqea, real hayotning bir boʻlagi, epizodi boʻlib gavdalanadi. Hikoyalarning koʻpchiligi real hayotiy asosga ega, ular adibning turmushida oʻzi koʻrgan, eshitgan hodisalar, tanish kishilar hayotidan olingan. Biroq ular hayotining aynan nusxasi emas. "Agar yozuvchilik turmushdan nusxa koʻchirishdan iborat boʻlsa, dunyoda bundan oson ish boʻlmas edi", — deydi adib. — Hayotdan aynan koʻchirilgan kitobdan koʻra oʻchirishday gap. Nusxa nusxa boʻlib qolaveradi. Bunday narsalardan originallik kutib boʻlmaydi. Originallik haqiqatni dildan oʻtkazish, uni his qilish, unga oʻylab yurgan gaplarni singdirish, tilaklaringni qoʻshib ifodalash bilan yuzaga keladi".
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- Олтин Калам
- Место издания
- Toshkent
- Количество страниц
- 128
- Тираж
- 3000
- ISBN
- 9789943726507
- Год создания
- 2024
