Meni yolg'izligimda ham Sev
Meni yolg'izligimda ham Sev
Выбор читателей

Meni yolg'izligimda ham Sev

Seni sevaman... - deya eng ko'p aytganlar hattoki: "Hammasi tugadi!" - demasdan tark etishdi... Sevgilim, milliardlab insonlar yashayotgan bu dunyoda bir-birini tanimagan ikki insonning ikki xil tarzda o'zaro uchrashishishining ehtimoli imkon bor... Balki, taqdirdir yoki taqdirga... Hayotim barbod bo'lgan, oxiri berk ko'chaga kirib qolgan va kimgadir juda ham muhtoj bo'lib yurgan paytlarimda menga duch kelganing tasodif bo'lishi mumkin emas. Sen jamiki samimiyatimning, jamiki ezgu niyatlarimning, barcha duolarimning evaziga menga yuborilgansan. Eng avvalo, Yaratgan seni tanishishimni istadi, keyin koinot, tabiat, borliq uchrashishimiz uchun xizmat qildi va nihoyat qarshimdan chiqding... Men "Alif" kabi ko'rdim... Axir, men tasodiflarga ishonmayman va sen bilan tanishishim ham aslo tasodif emas. Sevishim uchun Yaratganning menga yuborgan muazzam armug'onimisan... Seni menga U yubordi... Men "Vov"man, qaddimni biroz rostlasam, sen kabi bo'laman... Sevgilim, sen tufayli qaytadan dunyoga keldim... Sen jamiki g'am-g'ussalarimdan, azob-uqubatlarimdan, qalbimdagi chandig'larimdan qutulib, asliyatimga qaytgan onimsan. Har bir uyqusiz tunning tongini ko'rish uchun duoga ochgan qo'llarimga berilgan mukofotsan. Sendan oldini yo'q, sendan keyini esa abadiyatdir... Seni menga bergan Yaratganga beadad hamd-u sanolar bo'lsin... Seni o'zimni ham unutar darajada sevdim... Ey sevgilim, qalbimga, ruhimga, o'zligimga xush kelding. Sen qongan yaralarimning malhami, dardlarimning davosisan... Yaratgan Egamga qilgan duolarimning mevasisan... Elif, seni tanladim. Qalbim shifobaxsh qo'llaringning mehr-muhabbatiga omonatdir. Sening yoningda "Vov" bo'lish uchun keldim...

0читателей сохранили
0читателей прочитали

Характеристики

Язык
Узбекский
Издательство
Илм-зиё-заковат
Место издания
Toshkent
Количество страниц
208
Тираж
3000
ISBN
9789943925595
Год создания
2023
ЖанрыРоман