MENGA BAXTNI KOʻRSAT
MENGA BAXTNI KOʻRSAT
Выбор читателей

MENGA BAXTNI KOʻRSAT

Qachondir yoningda boʻlishimni istasang-u, lekin buning iloji boʻlmasa, koʻzlaringni mahkam yum va qoʻllaringni yuragingning ustiga qoʻy. Men sening koʻz qovoqlaring ortidagi qorongʻilikda, yuragingning har bir urishida boʻlaman. Qachonki kemaga chiqadigan oʻtgan shamol emas, mening barmoqlarim boʻladi. Qiyotgan kitobingning har bir satrida yoki tinglayotgan qoʻshigʻingning musiqasida nafas olishni davom ettiraman. Yomgʻirli kunda yelkamgdan oʻpadigan yomgʻir tomchisi qiyofasida ham yoningda boʻlishim mumkin. Balki, hidlash uchun qoʻlingni uzatgan gul bargidan uchib ketayotgan kapalak boʻlarman. Meni qanchalik koʻp his qilishni xohlasang, men ham shunchalik koʻp yoningda boʻlishni davom ettiraman. Yuragingning pardasini hech qachon berkitib qoʻyma. Yorugʻlikning ichkariga kirishiga ruxsat ber. Tabassum qilmoq senga yarashadi, aslo qovogʻingni uyma... Baxtiyorlik – ulkan va behisob qiyinchiliklarga bardosh bergan insonlarning haqqidir. Maqtanib aytishga arziydigan kunlarni va orzularingdagidek ajoyib hayotni yasha. Koʻzlaringni yum va ikkalamiz suhbatlashadigan lahzalar uchun ajoyib xotiralarni yigʻib qoʻy. Axir, qaygʻuni, qayerda boʻlsa ham, tanib olaman, menga baxtni koʻrsat...

0читателей сохранили
0читателей прочитали

Характеристики

Язык
Узбекский
Издательство
Илм-зиё-заковат
Место издания
Toshkent
Количество страниц
176
Тираж
3000
ISBN
9789943842748
Год создания
2022
ЖанрыРоман