Выбор читателей
MEN NECHUN SEVAMAN O'ZBEKISTONNI
O'zbek she'riyatining zabardast shoirlaridan biri Abdulla Oripov ijodi buloq suvidek. Buloq suvi qalbga orom, tanlarga darmon berganidek, shoir she'rlari ham ko'ngilga ajib taskin, ozuqa beradi. Shu sabab bo'lsa kerak, uning she'rlari deyarli har bir o'zbek farzandiga yod bo'lib ketgan. Qo'lingizdagi kitobda shoirning turli yillarda yozilgan eng sara she'rlari jamlangan. Mazkur she'riy to'plam o'quvchilarni Ona Vatanga sadoqat, ota-onaga hurmat, ustozga ehtirom, do'stlarni qadrlash, tabiatga g'amxo'rlik qilish ruhida tarbiyalash barobarida she'riyat olamiga ham oshno qiladi. Sevimli shoirimiz Abdulla Oripov qalamiga mansub she'rlar guldastasi kitob javoningiz to'ridan munosib joy egallashiga ishonamiz.
0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
УзбекскийИздательство
Янги аср авлодиМесто издания
ToshkentКоличество страниц
128Тираж
10000ISBN
9789943279957Год создания
2018