

MEN KIMNING QURBONIMAN?!
Asar voqeasi voyaga yetmagan 13 yoshli Gulshan ismli bir qizning qishloqdan shaharga qarindoshinikiga mehmon boʻlib kelgan kunidan boshlanadi. Asarni oʻqir ekansiz, “shaharcha”ga kiyinib, qarindoshi bilan istirohat bogʻini tomosha qilish uchun chiqqan va shu bogʻda qarindoshi tomonidan “unuti-lib” qoldirilgan bu qishloq qizining achchiq va ayanch-li qismati, uning oʻsmirlik davri va ayni gul yoshligining mahbuslikda oʻtishi voqealarining guvohi boʻlasiz. “Men kimning qurboniman?!” – muallif oʻzi taʼ-kidlaganidek hayotiy voqealar asosida yaratgan ushbu asarida u insonlarni loqaydlik, firibgar-lik, johillik va illmsizlik kabi illatlardan pok boʻlishiga, jamiyatda uygʻoq yashashga chaqiradi. Yuzlab, minglab Gulshanlar, aybsiz aybdor boʻlib, nohaq jabr chekkan, adolatsizlik qurboni boʻlgan in-sonlar tomonidan haqli ravishda berilgan “Men kim-ning qurboniman?” degan savolga Omina Shenlikoʻgʻli keng va asosli fikrlar bilan javob berishga bel bogʻlaydi va buning uddasidan chiqadi.
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- БЕСТ--БУК
- Место издания
- Тошкент
- Количество страниц
- 240
- Тираж
- 3000
- ISBN
- 9789910997662
- Год создания
- 2024