Me'mor
Me'mor
Выбор читателей

Me'mor

O'zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofotining laureati Mirmuhsin Mirsaidov ushbu romanida o'tmish me'morining hayoti, beqiyos san'ati va o'sha zamon ziddiyatlarini tasvirlaydi. Asarda nafaqat me'morchilik san'ati, balki o'sha davrdagi shohlar va shahzodalar orasida munosabat, avom xalqning qanchalar qiyin ahvolda ekanligi yorqin misollar bilan tasvirlangan. Shuningdek, asarning asosiy qahramonlari – Najmiddin Buxoriy, Badia, Zavrak, G'avvoslar obrazi orqali insoniy munosabat, adolat mezonlar, Vatan saodati, shuningdek, oralik muhabbati ham yorqin uslubda tasvirlangan. «Me'mor»ning ushbu nashrida asar yaratilgan davrda keng ishlatilgan, biroq hozirgi kunga kelib iste'moldan chiqqan hamda yosh kitobxonlar uchun tushunarsiz bo'lgan so'z va iboralarning izohiga katta e'tibor qaratildi. Bunda nafaqat eskiroq, tushunilishi qiyin bo'lgan so'zlarning sharhi, balki ularning qaysi til: arab, forsiy tillarga mansub ekanligi hamda ham qaydlar berib borildi, bu esa o'z navbatda kitobxonning so'z boyligining oshishiga xizmat qiladi. Qolaversa, kitobxon badiiy asarni o'qish barobarida ona tilimizning imlo qoidalarini o'rganishi va o'zida ko'nikma hosil qilib borishini ko'zda tutgan holda asarning mazkur nashri hozirgi o'zbek adabiy tilining imlo qoidalariga moslangan holda berildi. Aziz kitobxon! Ushbu asarda yana ko'p jihatlar bayon etilgan. O'ylaymizki, bular kitobni mutolaasi asnosida sizning diqqatingizdan chetda qolmas degan umiddamiz!

0читателей сохранили
0читателей прочитали

Характеристики

Язык
Узбекский
Издательство
Камалак
Место издания
Toshkent
Количество страниц
416
Тираж
1200
ISBN
TMP-4E8CC482
Год создания
2019