

MAYMUN YETAKLAGAN ODAM
Menga «Odam oʻz umrining rassomi, har kim qanday yashasa, shunday surat chizadi, kunlarni, umrni, umrning fasllarini chizadi» degan fikr kelib qolgan. Keyin atrofimda qarashlarning duvillab toʻkilishini, tanazzulga yuz tutgan gʻoyalar va tushunchalarni koʻrdim. Ular birma-bir Qadimgi Bobil boʻrgʻonlariga oʻxshab koʻz oldimda yiqila boshladi. Ha, 80-yillarda biz bularning hammasini koʻrdik. Oʻsha qulagan qarashlar, gʻoyalar, intilishlar millionlab umrni oʻzi bilan birga olib ketdi. Shundan men oʻz umrini oʻtab boʻlgan ziyoli odamning obrazi orqali hayotning ana shu silsilasini aks ettirishni istadim. Hikoya oʻsha kayfiyatda yaratilgan. Hikoyada rassom haqida umuman oʻylamagaman. Men uchun suratlar shunchaki metafora – tashbeh vazifasini oʻtagan. Ziyoli odamning ichki dunyosini ifodalashni istadman, xalos.
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- Янги Нашр
- Место издания
- Toshkent
- Количество страниц
- 208
- Тираж
- 1000
- ISBN
- 9789943223837
- Год создания
- 2019