

Maugli
Kechki soat yetti. Sion togʻlarida boʻladigan juda issiq oqshomlardan biri. Kunduzgi uyqudan uygʻongan Ota Boʻri qashinib olgach, uvishib qolgan panjalarini yozib kerishdi. Uyqusini oʻchirish uchun uzoq esnadi. Ona Boʻri boʻlsa keng kulrang tumshugʻini gop tipirlashib, goh chiyillashib uyalmayhayotgan roʻytta bolasi ustiga qoʻygacha mudrardi. Koʻzda charaqlab turgan oy Boʻri’g’ornimg’o’zini yoritib yubordi. — Uf, dedi pishillab Ota Boʻri. Yana ov qiladigan vaqt yetibdi. Shu xayol bilan Ota Boʻri togʻdan pastga tushmoqchi boʻlayotgan ediki, ostonaga hurpaygan dumli pastaklkina bir nimaning soyasi tushdi-yu, shikastalik bilan nolib ketdi: — Ey, Boʻrilar sardori! Oving baroridan kelsin. Aziz bolalaringning tan-jonlari sogʻ, oppoq tishlari oʻtkir va baquvvat boʻlsin. Dunyoda bizdek ojiz-u notavon, och-yalangʻoch bechoralar ham borligi dovurak boʻrilarining yodidan aslo chiqmasin. Bu Xushomadgoy Tabaqi degan chiyaboʻri edi. Qishloqdagi axlat uyumlarini titkilab, bir parcha
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- Янги Нашр
- Место издания
- Toshkent
- Количество страниц
- 236
- Тираж
- 1000
- ISBN
- 9789943223479
- Год создания
- 2019