

LAYLAKLAR
Xalqimiz laylaklarni e'zozlaydi. Ular haqida "xosiyatli qushlar" degan naql yuradi. Ularning kelishi qishloq bolalari uchun bayram sanalgan. Momolarimiz laylaklar haqida qo'shiqlar to'qishgan. Aslida, tabiatning sirli mavjudodi bo'lmish qushlarning hammasi ham xosiyatli. Qaldirg'ochlardan tortib beozor musichalar-gacha. Qissada laylaklarni birinchi bo'lib ko'rgan Sherzodning kechinmalari berilgan. U "Laylaklarni kim birinchi bo'lib ko'rsa, o'sha odam orzusiga osoning erishadi" degan gapga juda ham ishonadi. Chunki buni unga buvisi aytgan. Sherzodning jo'ralari ham bunga ishonishadi va uzoq yillar qishloqlariga kelmay qo'ygan laylaklarni yana qaytib kelishlari uchun jonbozlik ko'rsatishadi. Laylaklar bilan bog'liq voqealar o'rgali qishloq odamlarining, bolalarning tabiatga, qushlarga va bir-birlariga bo'lgan munosabatlari qiziqarli tarzda hikoya qilingan. Uni o'qigan bolajonlar qalbida ona tabiatga mehr o'g'onishi tabiiy va eng asosiysi, bolajonlar nimani orzu qilgani haqida ham bilib olasiz. "Muloiyim buvim, qaysar buvam va dadam haqida" nomli qissadagi buva va buvilarning bolalarga o'rnak bo'larli muno sabatlari, daxldorligi, kichkintoy qahramonlarning ham bolalarcha qitmirliklari, lekin mantiqli fikrlashlari tengdoshlarni ziyraklik va hushyorlikka chorlaydi...
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- Маърифат битиклари
- Место издания
- Toshkent
- Количество страниц
- 96
- Тираж
- 1000
- ISBN
- 9789943583221
- Год создания
- 2019