Выбор читателей
Koʻhna dunyo
Ha, bundan qirq yil muqaddam, yoʻq, qirq besh yil muqaddam, kichkinagina, qop-qoragina Abu Rayhon Qiyot bozorlarini supurib, doʻkondorlar xizmatini qilib yurgan chogʻlarida, Piri Bukriy oʻn besh yoshlar chamasidagi nozikxurat bir oʻspirin edi. Oʻzi sal rangpar, kasalmand boʻlsa ham, yelkasidagi bukridan asar ham yoʻq edi. Hazar tomonlardan kelib, Qiyotda katta doʻkon ochgan otasi esa, Alloh uning gunohini kechirgay, nasroniy dinidagi mashhur savdogarning qizi Rayhonani unga olib berib, boyligiga boylik, dovrugʻiga dovrugʻ qoʻshmoq orzusida yurardi. Lekin... e voh! Balo qayda? Bossang, oyogʻing ostida, deganlari rost ekan!
0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
УзбекскийИздательство
Ёшлар матбуотиМесто издания
ToshkentКоличество страниц
476ISBN
9789943275645Год создания
2020