Kakku yasi uzra parvoz
Kakku yasi uzra parvoz
Выбор читателей

Kakku yasi uzra parvoz

«Kakku uyasi uzra parvoz» romani ilk bor 1962 yilda nashr etilishi bilan jamoatchilikni xuddi atom bombasi portlashidek keskin larzaga soldi. Kitobxon asarni oʻqirkan, «kakku uyasi» deganda, ruhiy kasalliklar shifoxonasini, toʻgʻrirogʻi, jinnixonani, «kakku» deganda esa Katta hamshirani tushunadi. Ammo Retched xonim polaponlarini uchirma qilib, erkinlikka qoʻyib yuborish orqali «muammodan xalos boʻlish» niyatida emas. Ona kakku toqat qilib boʻlmas darajada itoatsiz va isyonkor, parvozga hamisha shay turgan polaponining erk istab urayotgan yurak zarbalariga goʻyoki parvo qilmaydi, uzoq yillar davomida oʻrnatgan qattiq tartibni shafqatsizlarcha buzayotgan, boshqalarni ham oʻz ortidan ergashtirayotgan bemoridan shafqatsizlarcha oʻch olish fursatini poylaydi. Va oʻsha kun ham keladi: parvozning oqibatlari bir insonning hurligiga, ozodligiga, orzulariga, umuman, butun boshli hayotiga yakun yasaydi. Makmyorfini oʻlim evaziga ozod boʻldi, deb aytish mumkinmi? Yoʻq. U maʼlum bir cheklangan makonni, oʻzining erkinligiga xalaqit qiluvchi, uni boʻgʻib turgan tartibni tark etdi, lekin qalban u hamisha erkin edi. Erksizlikdan ham erk topa olish esa chinakam matonat.

0читателей сохранили
1читателей прочитали

Характеристики

Язык
Узбекский
Издательство
Забаржад Медиа
Место издания
Тошкент
Количество страниц
400
Тираж
1000
ISBN
9789943739147
Год создания
2022
ЖанрыРоман