

JAMILA
Chinagim oʻquvchi kitobni qoʻliga olgach, oʻzini kashf etadi, oʻzidagi yashirin isteʼdodni – hamdardlik, odamiylik isteʼdodini yuzaga chiqaradi. Agar baʼzi-baʼzida shu hol yuz beradigan boʻlsa, demak, kitob oʻz ishini bajaribdi – boshqalarning fikri, tuygʻusi, orzusi va xatti-harakatiga aylanibdi. Demak, u oʻquvchilarning in- tilish va irodasi bilan nimalardir qila oladi – xalq, hayot va dunyoni yaxshi tomonga siljita biladi. Haqiqatdan ham Chingiz Aytmatov inson tuygʻularini zabt eta olgan yozuvchi. Uning har bir kitobi noyob sanʼat asari. Shuning uchun ham ijodkor dunyoning sevib oʻqiladigan toʻla adiblaridan biridir. Uning yozganlari bugun yo ertaga oʻqiladigan asarlar emas, ular asriy asarlar, ularni qaysi zamonda oʻqisa ham, xuddi oʻsha vaqtning oʻzida bitilgandek oʻqiladi. Yozuvchining bir gapi bor: «Men barchaga – garbiklarga ham, sharqliklarga ham birday ta- alluqli mavzularga qoʻl urishni istayman». Bizningcha, bu fikrning yoniga «barcha zamonlarga taalluqli» jumlasini ham qoʻshib qoʻy- sak, u yanada toʻkisroq boʻladi.
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- Тафсир букс
- Место издания
- Toshkent
- Количество страниц
- 192
- Тираж
- 3000
- ISBN
- TMP-C1B723D6
- Год создания
- 2024