Выбор читателей

Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar

Yosh boʻlishiga qaramay, millionlab turk kitobxonlari mehrini qozonib ulgurgan Mirach Chagʻri Oqtoshning ushbu kitobi ilk bor oʻzbek tiliga oʻgirilib, oʻquvchilar hukmiga taqdim etilmoqda. Mazkur asarida muallif muqaddas Qurʼoni Karimdagi suralar, paygʻambarlar hayotidan ibratli voqealardan misollar, jahonga tanilgan koʻplab mutafakkirlar, donishmand allomalarning purmaʼno fikrlaridan iqtiboslar keltirib, falsafiy mushohada yuritadi. U insonlarni ezgulikka, xayr-u saxovat koʻrsatishga, doimo yaxshilik qilish va kek saqlamaslikka chorlab, sabr-qanoatli boʻlishga undaydi; hayotdagi qiyinchiliklar Allohning bir sinovi ekani, ular oldida esankiramay, muammolarga yechim izlash, doimo olgʻa intilish zarurligini uqtiradi, oʻquvchida shukronalik tuygʻularini uygʻotadi. Kitob keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.

1 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
Узбекский
Издательство
Фактор букс
Место издания
Toshkent
Количество страниц
240
Тираж
2000
ISBN
9789943725362
Год создания
2021