Выбор читателей

HASTIMOM – ABU BAKR QAFFOL SHOSHIY TARIXI

Maʼlumki, Toshkent (Shosh) mintaqadagi Samarqand, Buxoro, Termiz, Xiva kabi ilm-fan va madaniyat markazlaridan biri sanaladi. Oʻrta asrlarda Shosh vohasida islom va uning madaniyati tarixiga doir masalalar muarrixlar, tadqiqotchilarning diqqat markazida boʻlib kelgan. Ushbu risolada «Hazrati Imom» («Hastimom» qisqartirilgan shakli) nomi bilan ulugʻlangan buyuk alloma Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Kaffol Shoshiy (904–977) hayot yoʻli va ilmiy merosiga oid tarixiy maʼlumotlar qoʻlyozma, toshbosma va boshqa oʻrta asr arab manbalari asosida tadqiq etilgan. Shuningdek, allomani oʻz davrida islom dunyosida mashhur qilgan diplomatik faoliyatiga doir yangi maʼlumotlar ilmiy istifodaga kiritilgan. Muhimi, Abu Bakr Kaffol Shoshiy muqaddas diniy kitob – «Tavrot»ni koʻhna ibriy tilidan arab tiliga oʻgirib, nafaqat musulmonlar, balki yahudiylar nazdida ham yuksak maqomga erishgan, «Tavrot»ning tarjimasiga doir qimmatli maʼlumotlar qoʻlyozma manbalar asosida berilgan.

0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
Узбекский
Издательство
Янги аср авлоди
Место издания
Тошкент
Количество страниц
64
Тираж
5000
ISBN
9789943204522
Год создания
2018