HAMLET
Buyuk ingliz dramaturgi Uilyam Shekspir (1564-1616) insoniyat yaratgan daho ijodkorlardan biridir. Uning xalqparvarlik, hurfikrlik, adolat, ezgulik, yuksak insoniy muhabbat gʻoyalarini ulugʻlab yozgan dramalari va nafis sonetlari asrlar osha barhayot yashab kelmoqda. Ulugʻ adibning «Hamlet», «Otello», «Qirol Lir», «Romeo va Julyetta», «Yuliy Sezar», «Makbet» singari oʻnlab dramalari jahondagi barcha yirik teatrlar sahnasini bezadi. Oʻzbek oʻquvchilari va tomoshabinlari U. Shekspir asarlari bilan oʻtgan asrning 30-yillarida tanishgan edi. Shundan beri adib asarlari Oʻzbek Davlat Milliy teatrida sahnsidan tushmay kelmoqda. Xalqimiz orasida Shekspirning «Hamlet», «Otello», «Qirol Lir», «Yuliy Sezar» dramalari juda mashhur boʻlib ketgan. Eʼtiboringizga havola etilayotgan Shekspir dramalarini oʻzbek xalqining ulugʻ shoirlari Gʻafur Gʻulom va Maqsud Shayxzoda tomonidan katta mahorat bilan tarjima qilingan.
