Выбор читателей

Goblinlar qoʻriqxonasi

Amerikalik fantast-yozuvchi Klifford Saymakning “Goblinlar qoʻriqxonasi” romani fentezi janrida yaratilgan eng ajoyib asarlardan biri hisoblanadi. Unda Yer sharida insondan ancha avval paydo boʻlgan “mitti elat” – elflar, trollar va goblinlar qatorida had-hududsiz Koinotning koʻz ilgʻamas puchmoqlaridan kelgan va bovar qilmas shakl-shamoyillardagi behisob ongli mavjudotlarni uchratamiz. Ular ishtirokidagi ajoyib-gʻaroyib voqealarning shiddat bilan rivojlanishi esa oʻquvchi aqlini shoshirib qoʻyadi. Albert Eynshteyndek mutafakkir olim “Tasavvur bilimdan kuchliroq” deganida har tomonlama haq edi. “Goblinlar qoʻriqxonasi” asarining oʻzbek tilida nashr etilishi yoshlarimizda Koinot haqidagi bilimlardan tashqari qudratli tasavvurni ham rivojlantirishga xizmat qilishi shak-shubhasizdir.

0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
Узбекский
Издательство
Издательско-полиграфический творческий дом имени Гафура Гуляма
Место издания
Тошкент
Количество страниц
240
Тираж
2000
ISBN
9789943529397
Год создания
2018