Выбор читателей

G'aroyib bolalar

Mashhur turk yozuvchisi Aziz Nesinning asarlari o'zbek kitobxonlariga yaxshi tanish. Ushbu kitobdan uning «G'aroyib bolalar» romani va bir-biridan mazmunli va qiziqarli hikoyalari oʻrin olgan. Roman avval sinfdosh boʻlgan, keyin biri boshqa shaharga ko'chib ketgan oʻn yoshli Zaynab va Ahmadning bir-biriga yozishmalari asosiga qurilgan. Yosh bola nigohi orqali kattalarning nojo'ya xatti-harakatlari, o'zaro munosabatlaridagi yolgʻon, munofiqlik, soxtaliklarga qanchalik haqqoniy baho berishi, ich-ichi-dan ularga qarshi isyon ko'tarishi hayotiy voqealar asosi-da ifoda etiladi. Aziz Nesinning e'tiboringizga havola etilayotgan toʻplamdan o'rin olgan hajvga, chuqur falsafiy mazmunga yoʻgʻrilgan hikoyalari ham oʻquvchilar tarbiyasiga, dunyoqarashiga faqat ijobiy ta'sir etishi bilan oʻziga xos.

0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
Узбекский
Издательство
Ёшлар матбуоти
Место издания
Toshkent
Количество страниц
208
Тираж
2000
ISBN
9789943207257
Год создания
2023