

ESHIM DALLOL
Hayot deganlari ramzoli sirli olam. Bolajonlar esini taniy boshlagan kunlaridanoq uni daqiqa-daqiqa oʻrganib borishadi. Ularning eʼtiboridan hech narsa chetda qolmaydi. «Qush uyasida koʻrganini qiladi» deganlaridek, ular, eng avvalo, oʻz uylaridagi odamlarning, yaʼni ota-onasi, bobo-buvisi, aka-opalari oʻrtasidagi munosabatni oʻrganishadi. Keyinchalik esa ularning talakkurida qoʻni-qoʻshnilar, tanish-bilishlar va tengdoshlari hayotiga qiziqish uygʻonadi va ularning gap-soʻzlari, xatti-harakatlaridan yaxshi-yomonni, oq-qorani anglay boshlashadi. Uygʻayganlari sari hayot haqidagi tasavvurlari oydinlasha boradi. «Eshim dallol»dagi kichkintoy Ulugʻbek ham hali hayotning baland pastidan turli xil qirralaridan bexabar. Chunki u ota-onasi va olma buvisining ardogʻida erkalaniib oʻsgan bola. Olma buvisi oʻsmonga uchib ketganidan keyingina uning katta hayotdagi sarguzashtlari boshlanadi. U dunyoda yaxshilik ezgulik, mehr-oqibatdan boshqa yomonlik degan illat ham borligini anglaydi va bolalarcha, samimiy xulosalar chiqaradi.
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- Маърифат битиклари
- Место издания
- Toshkent
- Количество страниц
- 96
- Тираж
- 1000
- ISBN
- 9789943583214
- Год создания
- 2019