

Emili uchun atirgullar
Emili uchun atirgullar: qissa va hikoyalar. Uilyam Folkner / Tarjimonlar: I.Gʻafurov, E.Ernazarov. Toʻplovchi va soʻzboshi muallifi A.X. Saidov. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2024. – 288 bet. Uilyam Folkner – XX asr Amerika adabiyotining yirik namoyandalaridan biri. Ikki she’riy kitobi 1924-yilda nashr etilgan. Birinchi romani «Askar mukofoti» 1926-yilda chop etilgan. «Sartoris», «Shovqin va qahri», «Oʻlim toʻshagida», «Abdogatoh», «Avgust yogʻdusi», «Avessalom, Avessalom!», «Qishloq», «Shahar», «Qoʻrgʻon», «Muso», kel, «Naql» singari yirik romanlar, hikoyalar hamda qissalar muallifi Folkner Nobel mukofoti sovrindoridir. Ibrohim Gʻafurov XX asrning saksoninchi yillarida Folknerning «Emili uchun atirgullar», «Toʻzonli sentyabr», «Looh», «Qora musiqa» singari hikoyalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan edi. Ushbu kitob U.Folknerning oʻzbek tilida chop etilayotgan ilk toʻplamidir. Asar keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- Янги аср авлоди
- Место издания
- Toshkent
- Количество страниц
- 288
- Тираж
- 2024
- ISBN
- 97899439910928
- Год создания
- 2024