Выбор читателей

Diydor orzusi

Buxoro xoni Ubaydulloxon yirik davlat arbobi va mohir sarkarda boʻlishdan tashqari, Ubaydiy taxallusi ostida oʻzbek, fors-tojik va arab tillarida mahorat bilan qalam tebratgan zullisonayn shoir ham edi. U Sharq mumtoz sheʼriyatining gʻazal, ruboiy, qitʼa, tuyuq, masnaviy kabi oʻndan ortiq janrlarida barakali ijod qilgan. Ubaydiy, xususan, turkiy va forsiy soʻz sanʼatidagi sermahsul ruboiynavislardan boʻlib, uning turkiy devonida — 430, forsiy devonida — 418 ta ruboiy mavjud. Bu ruboiylarda diniy-tasavvufiy gʻoyalar targʻib qilinib, ilohiy va dunyoviy ishq tarannum etiladi, shoh-shoirning Olam va Odam haqidagi falsafiy mulohazalari ifodalanadi. Ular orasida charxu falakdan va zamonadan shikoyat, pand-nasihat, badiha va tarjimai hol xarakteridagi ruboiylar ham anchagina. Ilk bor oʻzbek oʻquvchilari hukmiga havola etilayotgan Ubaydiy ruboiylari adabiyotimizdagi bir boʻshliqni toʻldirib, keng kitobxonlar ommasiga manzur boʻladi, deb oʻylaymiz.

0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
Узбекский
Издательство
«Шарқ» нашриёт-матбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти
Место издания
Тошкент
Количество страниц
240
Тираж
5000
ISBN
9789943000780
Год создания
2007