DAQIQA QADRI
DAQIQA QADRI
Выбор читателей

DAQIQA QADRI

Inson aqli va tafakkuri jamiki muammolarni yechishga qodir. Bizning butun qadr-qimmatimiz, kuch-qudratimiz bilimdonlikdadir. Aynan shu fikrlarimiz bizni kamolotga eltuvchi yoʻl boʻlishi lozim. “Zakovat” intellektual oʻyinining asl maqsadi ham shu. Shu bois ushbu koʻrsatuv teletomoshabinlar diqqat-eʼtiborini qozonib kelmoqda. Teleboshlovchi Abdurasul Abdullayevning muallifligi ostida nashr qilingan “DAQIQA QADRI” nomli ushbu kitob 1001 savol va uning 1001 javobidan iborat. Shuningdek, kitobda “Zakovat” intellektual oʻyini haqida qiziqarli maʼlumotlar keltirilgan. Kitob taʼlim muassasalarida “Zakovat” oʻyinlarini tashkil etishda, yoshlarimizning intellektual salohiyatini oshirishda muhim qoʻllanma boʻlib xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir. Yurtdoshlarimizning qiziqarli mashgʻulotlari, ijod namunalari, savol va javoblardan iborat ushbu kitob barchangizga manzur boʻladi, degan umidimiz. Kitob keng ommaga moʻljallangan.

0читателей сохранили
0читателей прочитали

Характеристики

Язык
Узбекский
Издательство
ДАВР ПРЕСС
Место издания
Toshkent
Количество страниц
320
Тираж
2500
ISBN
9789943553446
Год создания
2019