Выбор читателей

CHARLI VA SHOKOLAD FABRIKASI

Men, Villi Vonka besh bolaga fabrikamga kirishga ruxsat berishga qaror qildim, faqatgina beshta, undan koʻp emas. Ular ushbu yil meni fabrikamga kirishadi. Besh omadli bola men bilan shaxsan uchrashadi, men ularga fabrikamdagi barcha sehrli va maxfiy narsalarni koʻrishlariga ruxsat beraman. Keyin, sayohatning oxirida, ularga maxsus sovgʻa: umrlarining oxirigacha yetadigan shirinlik va shokoladlar hadya qilaman. Siz, oltin biletga eʼtiborli boʻling! Oltin qogʻozlardan nashr qilingan va odatdagidek gadoqlangan beshta shirinlik orasiga beshta oltin bilet yashiringan. Bu biletlar dunyoning xohlagan mamlakatidagi xohlagan shaharchada, xohlagan koʻchada, xohlagan magazinda Villi Vonka nomi bilan ataladigan shirinliklar orasida boʻlishi mumkin. Oltin biletni topgan besh omadli bola fabrikaga kirish imkoniyatiga ega boʻladi. Barchangizga omad yor boʻlsin!

0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
Узбекский
Издательство
Экстремум Пресс
Место издания
Toshkent
Количество страниц
124
Тираж
5000
ISBN
9789943369399
Год создания
2018