BUYUK tuygu
Taniqli avar shoiri Rasul Hamzatovning samimiy ezil-gan muxtasar tarjimai holini o‘qir ekansiz, beixtiyor hushyor tortasiz. Jahon adabiyoti xazinasidan o‘rin olgan asarlari bilan yer yuzini quyosh nuriday munavvar etgan shoir hali bur-gut yuksakligiga ko‘tarilmaganligiga iqror bo‘lib, o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yib, asosiy kitobini yozishga chog‘lana-yotganini bayon etadi. Shoirning bu dil izhori har bir o‘quvchi-ni unga o‘xshab xalqimizga chin yurakdan sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi, degan umiddamiz. Shoirning tarjimai holi bilan boshlangan ushbu kitob-ga «Onalarni asrang» va boshqa dostonlari asos bo‘ldi, shu-ningdek, uning sara she’rlari, sonetlari, sakkizliklari, to‘rtliklari, yozuvlari, publitsistik maqolalari va «Mening Dog‘istonim» badiyasidan lavhalar to‘plandi. Bu kitobxonlar-ga Rasul Hamzatovning turli janrlardagi ijodi bilan tani-shish imkonini beradi. To‘plamda tarjimonning shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maqolasi ham kiritildi.
