Выбор читателей

Bozorlar qanday qulaydi?

Taniqli iqtisodiy sharhlovchi Jon Kessedi moliyaviy inqirozlarning asosiy sababi ayrim shaxslarning ochko‘zligi yoki xatolarida emas, balki “bozorlar doim oqilona ishlaydi va o‘z-o‘zini tartibga soladi” degan yanglish qarashda ekanligini ko‘rsatib beradi. Kitob ilk bor 2009-yilda nashr etilgan bo‘lib, unda 2008-yilgi global moliyaviy inqiroz sabablari va erkin bozor nazariyasining ayrim cheklovlari tahlil qilingan. Muallif ushbu asarda bozorlarning nomukammalligi, moliyaviy pufaklar, kredit inqirozlari va iqtisodiy tanazzullarning yuzaga kelish sabablarini iqtisodiy nazariyalar hamda tarixiy misollar orqali tushuntiradi. Shuningdek, xulq-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) g‘oyalariga tayanib, iqtisodiy qarorlar har doim ham mutlaqo ratsional bo‘lmasligini ko‘rsatadi. “Bozorlar qanday qulaydi?” kitobida erkin bozor nazariyasi, bozor muvaffaqiyatsizliklari va global iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘liq masalalar yoritilgan. Asarning asosiy g‘oyasi bozor mexanizmlarining cheklovlarini ochib berish hamda ayrim hollarda davlat aralashuvi zarurligini asoslashdan iborat. Kitob iqtisodiyot, moliya va iqtisodiy siyosat bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули