Выбор читателей

Boʻri bilan qoʻzichoq

Jan Lafonten (1621 – 1695) mashhur fransuz masalachi shoiri, oʻziga xos sheʼriy asarlar muallifidir. U Fransiyaning qishloqlaridan birida oʻrmonchi oilasida tugʻiladi va tabiat qoʻynida voyaga yetadi. Keyin esa Parijga kelib, badiiy ijod bilan shugʻullanadi hamda tez orada taniqli masalchi shoir sifatida taniladi. Lafonten oʻz masallarida halollik, haqqoʻylik, odamiylik singari umuminsoniy mavzularni koʻtarib chiqadi hamda hayotda uchraydigan ijtimoiy kamchiliklar va inson xulqidagi nuqsonlarni hajviy kulgi ostiga oladi. Rus masalchisi I.Krilov Lafontenning qator masallarini rus tiliga tarjima qilgan va oʻz masallari uchun asos qilib olgan. Mazkur kitobga kiritilgan Jan Lafontenning aksar masallari ilk bor oʻzbek tiliga oʻgirildi.

0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
Узбекский
Издательство
Академнашр
Место издания
Toshkent
Количество страниц
224
Тираж
2000
ISBN
9789943757783
Год создания
2022

Жанры