Выбор читателей

Bebahoginam

Oʻzbekiston Xalq artisti Lutfulla Saʼdullayev oʻzining ser-mahsul ijodi davomida sanʼatsevar xalqimizning yuragidan joy olib ulgurgan. Uning ijrosidagi turli dramatik, komik, tragik, psixologik obrazlar esa oʻziga xos tarbiya maktabi boʻl-gan desak, adashmaymiz.Serqirra ijodkor sifatida ham qalam tebratayotgan Lutful-la Saʼdullayev oʻzining «Qismatim», «Oʻkinch», «Meni kechir» kabi kitoblarida hayot va ijodiy faoliyati haqida hikoya qiladi. Ustozlari, marhum hamkasblarini xotirlaydi.Sanʼatkorning navbatdagi «Bebahoginam» toʻplami oʻziga xos asar boʻlib, unda muallif turfa feʼl-atvorli qahramonlar ha-yoti va ular tiynatidagi evrilishlarni aks ettiradi. Ular erk-ka intiladilar, oʻz burch va majburiyatlarini har xil sharoitda sinab koʻradilar, hayot mashaqqatlarida toblandilar. Muallif oʻz asarlarida inson eng ogʻir sharoitlarda ham omil emasligi-ni isbotlaydi. Barcha insonning ruhiyati, maʼnaviy dunyosi hamda irodasiga bogʻliq.Mazkur toʻplamga Lutfulla Saʼdullayevning ijodiy faoliyati-ning turli bosqichlarida yaratilgan qissalari, hikoyalar va badiiy publitsistik asarlari jamlangan.

0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
Узбекский
Издательство
Янги аср авлоди
Место издания
Тошкент
Количество страниц
256
Тираж
2000
ISBN
9789943207264
Год создания
2020