Выбор читателей

Asrni qaritgan kun

Chinakam oʻquvchi kitobni qoʻliga olgach, oʻzini kashf etadi, oʻzidagi yashirin isteʼdodini — hamdardlik, odamiylik isteʼdodini yuzaga chiqaradi. Agar baʼzi-baʼzida shu hol yuz beradigan boʻlsa, demak, kitob oʻz ishini bajaribdi – boshqalarning fikri, tuygʻusi, oʻrni va xatti-harakatiga aylanibdi. Demak, bu oʻquvchilarning inilish va irodasi bilan nimalardir qila oladi – xalq, hayot va dunyoni yaxshi tomonga siljita biladi. Haqiqatdan ham Chingiz Aytmatov inson tuygʻularini zabt eta olgan yozuvchi. Uning har bir kitobi noyob sanʼat asari. Shuning uchun ham ijodkor dunyoning sevib oʻqiladigan 10 ta adiblaridan biridir. Uning yozganlari bugun va erta oʻqiladigan asarlar emas, ular asriy asarlar, ularni qaysi zamonda oʻqishsa ham, xuddi oʻsha vaqtning oʻzida bitilgandek oʻqiladi. Yozuvchining bir gapi bor: «Men barchaga – gʻarbliklarga ham, sharqliklarga ham birday taalluqli mavzularga qoʻl urishni istayman». Bizningcha, bu fikrning yorigʻa «Barcha zamonlarga taalluqli» jumlasini ham qoʻshib qoʻysak, u yanada toʻkisroq boʻladi.

0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
Узбекский
Издательство
Глобал Букс
Место издания
Toshkent
Количество страниц
448
Тираж
3000
ISBN
9789943863545
Год создания
2024

Жанры