

ALISHERNING YOSHLIGI
Ulug' Navoiy O'zbekiston xalq yozuvchisi Oybekning sevimli siymolaridan edi. Buni maqolalardan birida adibning o'zi shunday hikoya qiladi: «Navoiy she'riyati va Navoiy obrazi hamisha kuchli bir quyosh kabi ko'nglimni tortar edi. O'z asarlarimda shoir Navoiy obrazini yaratishga zo'r mayl, istagim bor edi. Yoshligimdan beri Navoiyning o'lmas, abadiy she'rlarini sevib o'qir edim, uning jozibali g'azallari bor-gan sari ko'nglimga singib bordi, shakli va mazmuniga yuragimni mast va maftun etdi... U mening ko'nglimda, yodimda edi, butun borlig'imni band etgandi. Yursam-tursam hamisha Navoiyani o'ylar edim. Uning ma'hodir, aqli ko'zlari, xushfe'li, rahmalili, olgʻanob qiyofasi, asl, pok, ulug' qalbini his etardim, ko'z o'ngimda ko'rdim...» Bunday katta muhabbat va qiziqish mevalari siz, o'quvchilarga yaxshi tanish. Oybek 1928-yildan boshlab Navoiy ijodini chuqur o'rganishga kirishadi. Ulug' Navoiyning «Xamsasi» dibar g'azallarini tahlil etib, ko'pgina ilmiy asarlar yaratdi. Ular ilmiy jurnal va to'plamlarda e'lon etilgan. Oybekning «Navoiy gulshani» to'plami buyuk shoir haqidagi ayrim maqolalarni o'zi ichiga olgan, xolos. Oybek 1936 — 1937-yillarda «Navoiy» poemasini yozadi. Lekin, adib aytmoqchi, bu mashq Navoiy obrazini yaratish yo'lida chizilgan bir eskiz edi. Keyin katta asar — «Navoiy» romanini yaratadi. Bu romanda Ulug' shoir va mutafakkir hayotining yetuklik davri haqqoniy tasvirlanadi. Alisherning yoshligini qalamga olish niyali adib.
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- Ёшлар матбуоти
- Место издания
- Toshkent
- Количество страниц
- 240
- Тираж
- 2000
- ISBN
- 9789943279919
- Год создания
- 2023