Выбор читателей

«AL-KARNAKU» KEMASIDAGI QOTILLIK

Puaro obrazi mashhurlik bobida Sherlok Xolms darajasigacha yetib bordi. Buni kino ixlosmandlari, adabiyotsevarlar ham tasdiqlashi shubhasiz. Detektiv qirolichasi Agata Kristi kashf qilgan, keyinchalik adibaga katta shuhrat keltirgan “Al-Karnaku kemasidagi qotillik” asari oʻzbek oʻquvchisiga kitob holida ilk bora taqdim etilmoqda. Aslida sayohat uchun yoʻlga otlangan Puaro insonlar taqdirining navbatdagi qarama-qarshiliklariga duch keladi. Yosh, sohibjamol va ayni paytda juda katta mol-mulk sohibasi qanchalik aqlli, qanchalik tadbirkor boʻlmasin, hayot sinovlari, hayot imtihonlari oldida oʻzini butkul yoʻqotib qoʻyadi. Turmushga chiqib baxtli orzu qilgan qiz taqdiri kutilmagan vaziyatlar-ni yuzaga keltiradi. Puaro ustamonlik bilan yechim topgan jinoyat ishi boshqalari kabi hayratlanarli, boshqalari kabi hayajonga boy, boshqalari kabi kutilmagan yechim bilan yakun topadi.

0 читателей сохранили это произведение
0 читателей прочитали и вернули
Язык
Узбекский
Издательство
Ёшлар матбуоти
Место издания
Тошкент
Количество страниц
256
Тираж
3000
ISBN
9789943205369
Год создания
2023