

AKA-UKA KARAMAZOVLAR
Inson hayotda yashar ekan, uning umri uch boshqichda: bolalik, yoshlik va keksalik davrida kechadi. Dastlab bola hayoti bilan soddaroq, keyin yoshlik xayoli bilan joʻshqinroq yashasa, keksaligida bor-yoʻgʻi falsafasi, hayot xulosasi bilan umr kechiradi. Hayoti sarrishta davomida aytishi lozim boʻlgan SOʻZini bir-biriga ayta, bir-da aytmaydi. «Aka-uka Karamazovlar» — adibning eng soʻnggi asari ekanligini hisobga olsak, uni Dostoyevskiyning soʻnggi SOʻZI deyishimiz, toʻgʻri boʻlar balki. Asardagi uch aka-uka – biri soddaroq, biri joʻshqin va boshqasi mulohazali. Xarakter va qarashlari bir-biriga oʻxshamaydi. Ammo barchasida umumiyulik bor, bu nafaqat qondoshlik, balki ularning maʼnaviy yaqinligida aks etadi. Aka-ukalar bilan taʼnisish chogʻida, hayot davom etar ekan, insoniylik degan tushuncha oʻlmaydi, degan xulosaga kelamiz. Bu asar dunyoning koʻplab tillariga tarjima qilingan, jahon adiblari maktabi asari sifatida hamma uchun ham qadriyat hisoblanadi. Shu oʻrinda esa amerikalik yozuvchi Kurt Vonnegutning «Aka-uka Karamazovlar» romani haqidagi taʼrifini keltirsak, oʻrinli boʻladi: «Hayotda romanni bilish kerak boʻlsa, barchasini shu asardan olib olish mumkin». Darvoqe, buyuk Tolstoyning mutolaa qilgan eng soʻnggi asari ham aynan «Karamazovlar» boʻlgan. Demak, oʻzbek adabiyotiga Dostoyevskiy koʻp, ruhriyati, falsafasini takror va takror taqdim etgan ustoz tarjimon — Ibrohim Gʻafurovdan navbatdagi beqiyos asarni kutib olamiz, milliy adabiyotimizga, oʻzbek kitobxoniga ushbu asar tarjimasi va nashri muborak boʻlsin!
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- Янги аср авлоди
- Место издания
- Toshkent
- Количество страниц
- 496
- Тираж
- 2000
- ISBN
- 9789943207950
- Год создания
- 2024