

AJDAR SAYYORASI
Aziz oʻquvchi, qoʻlingizdagi toʻplam 15 ta hikoyadan iborat boʻlib, ularda muallifning dunyo haqidagi falsafasi, umidlari va kuzatuvlari sehr, fantastika va reallik orqali sintez qilinadi. Masalan, yozuvchining «Uroboros», «Ajdar sayyorasi 1, 2» hikoyalarida asosiy unsurni ilonning ajdar boʻlishi haqidagi mif egallaydi. Sharq rivoyatlariga koʻra, ilonga qirq yil odam koʻzi tushmasa, ajdarga aylanadi. Bu qaysidir maʼnoda Nitshvening Super inson haqidagi gʻoyasini takrorlaydi: ilon avvaliga yer ostiga kirib ketadi va oʻzining ajdarga aylanishini kutadi. Ammo bu hikoyalarning dunyo tuxumi degan gʻoyaga bogʻlanib ketuvchi oʻrni bor, unga koʻra dunyo (sayyora) ulkan tuxum, uni ichidan yorishib kerak boʻlgan ajdar esa quyosh taftidan qoʻrqadi. Muallifning koʻrayotgan voqealari realistikdan tashqarida sodir boʻlayotgandek tuyulishiga qaramay, aslida reallikning bir qismi, bugun u yashayotgan oʻzbek jamiyati, oʻzbek intellektuallari koʻrib, his qilgan holatlar, voqealarni oʻz ichiga oladi. Deylik, «Azizlar haqida jumboq» hikoyasi xuddi shunday kontekstni oʻz ichiga oladi, biroq sirli pardaga oʻralgani uchun oddiy oʻquvchi uni allaqanday boshqa sayyorada sodir boʻlyapti deb qabul qiladi.
Характеристики
- Язык
- Узбекский
- Издательство
- Янги аср авлоди
- Место издания
- Toshkent
- Количество страниц
- 144
- Тираж
- 2000
- ISBN
- 9789943790881
- Год создания
- 2024