Kitobxonlar tanlovi

Yulduzli Tunlar

Pirimqul Qodirov – oʻzbek adabiyoti va tarixida oʻzining vatanparvarlik mavzusidagi asarlari bilan yaqqol iz qoldirgan buyuk yozuvchidir. U Vatanimizning haqiqiy tarixini badiiy shakllantirishga katta hissa qoʻshgan va buuni oʻzining «Yulduzli tunlar», «Avlodlar dovoni» romanlarida yorqin aks ettirgan. Adibning oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivoji oldidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib ravishda baholangan. U “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” va “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” sharafli unvonlariga sazovor boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga loyiq topilgan, “El-yurt hurmati” hamda “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
ILM ZIYO
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
592
Adadi
2000
ISBN
9789943665453
Asarning yaratilgan yili
2020