Yulduzlari olis osmon
Yulduzlari olis osmon
Kitobxonlar tanlovi

Yulduzlari olis osmon

Bolalikning begʻubor damlari insonlar xotirasida bir umr saqlanib qolishi tabiiy. Chunki, eng pokiza, sof, asil va takrorlanmas lahzalarni oʻz bagʻriga olgan bolalikda soddaligi, ginasizligi, begʻarazligi, betashvishligi bilan ham qadrlidir. Yusuf Xudoyqul hikoyalari janrlarga qoʻl urar ekan, avvalo oʻsha, endilikda kechagi xotiraga aylangan bolalikdagi voqealarni qalamga olishga harakat qiladi. Hikoyalardagi voqealar kechmishi tabiiylikka, hayotiylikka asoslanganligi uchun ham oʻz taʼsirini yoʻqotmaydi. Koʻngildagi orzu-havaslar, egalik hissiyotlari oʻzlarini befarq qoldirmaydi. Eng muhimi, hikoyalar sodda, samimiy tarzda, yaʼni oʻquvchiga tushunarli tilda ifoda etilganki, voqealar kechagi davrda yashagan oʻquvchi oʻz bolaligini, oʻyinqaroq damlarini, oʻz oʻrnida shiddat bilan balogʻatga, oʻrta yoshlikka, erta birlikka boʻshashib berganligini his etadi, anglaydi. Bir zum tim boʻlib xayol suradi, uchkur xayollar uzoq-uzoqlarga — bolalikka yetaklaydi. Eh, u дамлар, qani takrorlansa...

0kitobxon saqlab qo‘ygan
0kitobxon o‘qib qaytargan

Xususiyatlari

Til
O'zbek
Nashriyot
O‘zbekiston
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
240
Adadi
3000
ISBN
9789943016637
Asarning yaratilgan yili
2011
JanrlarHikoyalar