YOSHLAR TARBIYASI – MILLIY MANFAATLAR GAROVI
Ushbu oʻquv qoʻllanma bugungi kunda Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar, mamlakatni tez surʼatlar bilan oʻzgarayotgan zamonaviy talablarga mos rivojlantirishning ilmiy-maʼnaviy, diniy-maʼrifiy asoslarini yaratishga xizmat qiladi. Oʻquv qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari va xodimlari faoliyatida vatanga muhabbat va yuksak maʼnaviyatni shakllantirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan yondashish, Vatan himoyachisi sifatida mustahkam iroda va yuksak maʼnaviyatga ega boʻlishiga erishishga qaratilgan. Asarda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyaning dolzarb masalalari yoritilgan, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiridan himoya qilishning ilmiy-nazariy va amaliy asoslari bayon etilgan. Oʻquv qoʻllanma harbiy xizmatchilar, maʼnaviyat sohasi xodimlari va shu mavzuda qiziqqanlarga moʻljallangan.
