Yettinchi o'lcham
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Zomin seminarining ishtirokchilari orasida iste’dodli yosh ijodkorlar talaygina. Ularning ko‘pchiligini o‘z ijodi bilan ustozlar e’tirofiga sazovor bo‘lib, uyushmaning “Birinchi kitobim” loyihasiga tavsiya etilgan. Ushbu yoshlarimiz ijodidan yuksalishga ishonch va katta umidlar bilan siz mushtariylarimizning hukmingizga havola etilmoqda. MIRODIL JO'RAYEV HIKOYALARI O'z'rayev Mirodilning hikoyalaridan qarshi- ninggizga hissiyotchan va o'ta qo'nimsiz navqiron bir siymo raqsga tushib, anglab bo'lmas hara- katlar qilib keladi. Kvazarmu bir deysiz butun bir galaktikaning quvvatini o'zida jamla- gan? Yo yorug'ligiko'zni qamashtiradigan uchar yulduz - boldimi? U o'zining dunyoga nima uchun kelib qolgan- ligini anglamoqchi bo'ladi: tinmasdan urinadi. Bu urinishlardan uning shundoq hissiyotchan- ligi yanada ortadi. U o'z hayotbaxsh musiqasini qidiradi. Va birdek Bexoven ohanglari rostakam guldirab qoladi qo'nimsiz shakl-shamoyilli turfa hikoyalarida. Musiqa bilan birga u hayotbaxsh sehrsoz qizni qidiradi. Yunon muzalari - pari- lariga o'xshaydi bu qiz. Uning xayolida. Izlay- izlay uni yo ro'yolar, yo real jonli borliqda top- ganda, sal o'tmay undan erikib qolishidan juda qo'rqadi. Ammo zerikish uni to'xtamay ta'qib etadi. Zerikish unga Shayton nuqtasida ko'rinadi. Shayton izmiga tushib qolmaslik uchun barcha aqliy, ruhoniy kuchlarini ishga soladi. Mirodil hikoyalarini e'tibor bilan qiziqib o'qigim keladi. Men uning hikoyalaridan ijod maydoni.
