USTOZ-SHOGIRD PEDAGOGIKASI
Ushbu monografiyada ustoz va shogirdlik, ustozning pedagogik, psixologik va metodik tomonlari, mutaxassislikka oʻqitish va shogirdlarga mahorat sirlarini yuksak darajada boʻrttirib oʻrgatish hamda milliy hunarmandchilikda ustoz-shogirdlik rivoji va tarixiy tajribalari tahlil qilib berilgan. Shuningdek, mutaxassislikka oʻqitishda amaliy mashgʻulotlarning oʻrni, oʻquv-tarbiya jarayonida boʻlajak pedagog-mutaxassislarning kasbiy-pedagogik faoliyatlarini tashkil etish, oʻquv jarayonida oʻquvchilarning oʻquv-bilish faoliyatini faollashtirish, ularni oʻquv-bilishga ongli ravishda yondashishga oʻrgatish, zamonaviy taʼlim tizimida ustoz-shogirdlik anʼanalarining oʻrni va ahamiyati, uning oʻziga xos xususiyatlari yoritilgan. Monografiya taʼlim muassasalarining barcha turlari boʻyicha mutaxassis, oʻqituvchi, pedagog-murabbiylar, talabalar, magistrantlar, ilmiy xodimlar va keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
