

UMRIM DOVONLARI
Atoqli olim, shoir va publitsist, texnika fanlari doktori, professor Abdurashid Hasanov haqidagi ushbu kitob xotira-esse yoʻnalishida yozilgan. U olti qismdan iboratdir. Kitobda bolalik xotiralari, eng sara sheʼr va hikoyalari, qaydlar, maqolalar, tabrik va tilaklar, ilm yoʻlidagi izlanishlar, ustozlar oʻgitlari jam qilingan. Undagi hikoya va sheʼrlar voqeaviyiligi va samimiyligi, soddaligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, ilmiy-pedagogik faoliyati mobaynida uning hamfikr olimlar bilan hammualliflikda yozilgan kitoblari haqida qisqacha maʼlumotlar berilgan. Keng kitobxonlar eʼtiboriga havola qilinayotgan ushbu kitobning birinchi qismi jurnalist Oysara Dadayevaning “Ikki dunyo saodati” nomli eʼtirofnomasi bilan boshlanadi. Soʻng olimning xotiralari, ilmiy-pedagogik faoliyatidagi voqealar yozilgan. Kitob yosh olimlar, talaba va magistrlarga hayot yoʻllarida ibrat boʻladi, degan umiddamiz.
Xususiyatlari
- Til
- O'zbek
- Nashriyot
- Muharrir nashriyoti
- Nashr joyi
- Тошкент
- Sahifalar soni
- 228
- Adadi
- 500
- ISBN
- 9789943541238
- Asarning yaratilgan yili
- 2018