TARIX VA TEATR
TARIX VA TEATR
Kitobxonlar tanlovi

TARIX VA TEATR

Insoniyat tarixida alohida oʻrin tutgan XX asr poyoniga yetib, yangi yuz yillik – XXI asrga qadam qoʻyilganligi ham mana yigirma yildan oshdi. Oʻtgan yuz yillik tarix sahifalariga misli koʻrilmagan oʻzgarishlar asri sifatida muhrlandi. Bu asr qator ijtimoiy oʻzgarishlar, koʻp ming kishilik qirgʻinlarga sabab boʻlgan urushlar, fan va texnika, madaniyat va sanʼat sohasidagi oʻziga xos yangiliklar bilan tarixga kirdi. Xususan, ushbu asr yangi oʻzbek teatrining paydo boʻlishi hamda uning jahon teatrlari qatoridan munosib oʻrin olishiga zamin boʻldi. Yangi oʻzbek teatr sanʼatining tuzilishi, shakllanishi va rivoji bir asr davomida uch xil ijtimoiy tuzum – rus chorizmi istibdodi, shoʻro hokimiyati va nihoyat, istiqlol davrida kechdi. Bu esa oʻz-oʻzidan teatr sanʼatining xilma-xil mafkuraviy oqimlar – jadidchilik, bolshevizm va milliy istiqlol mafkurasi taʼsirida taraqqiy etishiga sabab boʻldi. Yangi oʻzbek teatrining rivoji – Birinchi jahon urushi, 1916 yilgi xalq gʻalayonlari, 1917 yilgi fevral inqilobi, Oktyabr toʻntarishi, bolsheviklar partiyasining hokimiyat tepasiga kelishi, Ulugʻdagi fuqarolar urushi, shoʻro hokimiyati ammaga oshqargan qator tadbirlar, yer suv islohoti, kollektivlashtirish, mamlakatni sanoatlashtirish, “madaniy inqilob”, kommunistik partiyaning madaniy va sanʼat sohasidagi siyosati, gʻoyaviy-siyosiy kurash vasakasi, 30-yillardagi misrsiz qirgʻinlar, Ikkinchi jahon urushi, fashizm ustidan qozonilgan gʻalaba, yana gʻoyaviy-mafkuraviy, siyosiy kurash javakasi, bu kurash natijasida adabiyot va sanʼatdagi qurbonlar, nihoyat Stalin vafoti, maʼnaviy-siyosiy hayotdagi muayyan oʻzgarishlar, shaxsga sigʻinish va uning oqibatlarini tugatish yillaridagi urinilar, N.Xrushchev islohotlari, 70-80-yillarning birinchi yarmidagi “turgʻunlik davri” qalatlari, Oʻzbagadagi maʼnaviy-siyosiy, iqtisodiy, ekologik tanglik, “oʻzbek ishi” fojialari, 80-yillar oʻrtalaridan boshlangan oshkoralik va demokratik harakatlari, sovet jamiyati va kommunistik mafkura inqirozi, 90-yillar boshlariga kelib sovet ittifoqi va sotsia-

0kitobxon saqlab qo‘ygan
0kitobxon o‘qib qaytargan

Xususiyatlari

Til
O'zbek
Nashriyot
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Nashr joyi
Тошкент
Sahifalar soni
364
Adadi
400
ISBN
TMP-62847778
Asarning yaratilgan yili
2022