SEMİZ VA ORİQ
Rus millatiga mansub Anton Pavlovich Chexov (1860-1904) atigi 44 yoshda dunyodan koʻz yumgan boʻlsa ham, umrining oxirlarigacha Lev Nikolayevich Tolstoy bilan hamnafas boʻlib, rus xalqini qalbga malham boʻluvchi asarlar bitgan. Zamondoshlari va adabiyotshunos olimlar Chexovning feʼl-atvori haqida juda iliq soʻzlar aytishadi. "Chexov: hazilkash, odamshinavanda, samimiy, sal tortinchoq, lekin, haqiqat uchun jonini ayamaydigan ijodkor, halol va mehribon shaxs..." Chexov oʻzidan soʻng 30 yildan ortiq davr mobaynida jahon adabiyoti xazinasini yangi asarlar bilan boyitgan. "Chexov hikoyalari maktablari", "Chexov dramoturgiyasi" singari mahorat yoʻnalishlari mavjud. Uning ijodida yumor bilan birga dard ham katta kuchga ega. Obrazlari orasida biron bir mukammal odamni topish mushkul. Ularni kasallik, savodsizlik, telbalik, turli illatlar, mansabparastlik, boylik, kasallik kemirib turadi. Balki shuning uchun ham Chexov ideal odamni orzu qilib: "Kishida hamma narsa goʻzal boʻlishi zarur — yuzi, soʻzi, kiyimi, qalbi, hatto fikri ham", — deb yozgandir. Chexov oʻqiganida Maksim Gorkiy: "...oramizdan bir choʻgʻva dono bir odam maʼyus kulimsirab yashab oʻtdi, u xalqqa astoydil, kuyunib, ammo sekingina: "Yomon yashayapsiz odamlar, deya murojaat qilib ketdi", — degan boʻlsa, Ivan Bunin: "Chexovmi? U — haqiqiy master!" — deya unga haqiqiy baho bergandi... Qoʻlingizda ushbu kitob mana shu buyuk adibning eng ajoyib hikoyalaridan tashkil topgan. Marhamat, zavq bilan oʻqing.
