Kitobxonlar tanlovi

SARIQ AJDAR HAMLASI

Romanda aks ettirilgan tarixiy voqealar bundan qariyb ikki ming ikki yuz yil avval roʻy bergan. Buyuk ipak yoʻlini toʻliq nazorati ostiga olishni maqsad qilgan Xitoy imperatori Lyu Che (u tarixga U-di — “jangsevar imperator” nomi bilan kirgan) miloddan avvalgi 138 yili oʻz aygʻoqchisi Chjan Syanni uzoq Gʻarbga joʻnatgandan Dovon (hozirgi Fargʻona vodiysida)ga uyushtirgan dahshatli urushgacha... Asardagi voqealar qadimgi Xitoy va Dovon davlatlarining tarixiy shaxslari — hukmdorlar, mutafakkirlar hamda oddiy xalq vakillari obrazlari, ularning ichki kechinmasi, siyrati va suvrati, turfa taqdirlari orqali mahorat bilan ochib berilgan. Muallif oʻsha davrga xos folklor materiallaridan ham samarali foydalangan. Kitobxon roman sahifalari orqali qadimgi Dovon davlatida ikki ming yil oldin yashagan ota-bobolarimizning eʼtiqodi, urf-odatlari, Vatan ozodligi yoʻlidagi fidokorona kurash tafsilotlaridan voqif boʻladi. Taʼbir joiz boʻlsa, yozuvchi Mannop Egamberdiyev zukko oʻquvchilarni moziy sari qizqarli va gʻaroyib sayohatga boshlaydi.

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
Tafakkur
Nashr joyi
ТОШКЕНТ
Sahifalar soni
288
Adadi
2000
ISBN
9789943241398
Asarning yaratilgan yili
2016